SamDU olimlari 200 ming AQSH dollar miqdoridagi xalqaro grantni qo‘lga kiritdi.
Samarqand davlat universiteti Kvant markazi ilmiy xodimlari, professorlar Hakim Xushvaqtov, Akmal Axatov hamda dotsentlar Alisher Otaxoʻjayev va Bekzod Xudoyqulovlar Jahon banki MUNIS fondining 200 ming AQSH dollar miqdoridagi PRIM granti gʻolibi boʻlishdi. Bu haqda universitet matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, grantning maqsadi kvant texnologiyalariga asoslangan muhandislik tizimlarini yaratish orqali Samarqand kvant markazida ishlab chiqilgan materiallarini amaliy qoʻllash va markazining infratuzilmasi yaxshilashdan iborat.
Maʼlumot uchun, ushbu loyihaga xorijiy maslahatchi sifatida Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi, AQSH ning Texas universitet professori Anvar Zohidov jalb qilingan.