Bitkoinning qiymati 96 000 dollardan oshadi. Kriptovalyuta ham joriy yilda ikki baravardan ko‘proq o‘sdi, Tramp AQSHning navbatdagi prezidenti etib qayta saylanganidan beri qariyb 40 foizga oshdi.
"Bitkoin hozirda haddan tashqari sotib olingan hududda bo‘lsa-da, u 100 000 dollar darajasiga yaqinlashmoqda", – dedi IG Markets tahlilchisi Toni Saykamor.
O‘z kampaniyasi davomida Tramp raqamli aktivlarni qo‘llab-quvvatlab, AQSHni "sayyoraning kriptovalyuta poytaxti"ga aylantirishga va’da bergan edi.
“Ko‘pchilikda ushbu ma’muriyat kriptovalyuta hamjamiyatining orzu qilgan tartibga solish aniqligini ta’minlaydimi, degan savol tug‘iladi. Buni aytishga hali erta”, – dedi WisdomTree raqamli aktivlar bo‘limi rahbari Uill Pek.
Eslatib o‘tamiz, kecha bitkoin qiymati yana ko‘tarildi va seshanba kungi savdo ma’lumotlariga ko‘ra, 93 500 dollardan oshib, yangi rekord darajaga yetgan edi.