Asosiy zarba Kyolndagi zavodda bo‘ladi, u yerda ish o‘rinlarining chorak qismi qisqartiladi, deb xabar beradi BILD.
Bunday qaror kompaniyaning yengil avtomobillar segmentidagi yuqori xarajatlari, elektromobillar ishlab chiqarish uchun qimmat qayta qurish va qat’iy ekologik standartlar tufayli qabul qilindi. Vaziyat davlat subsidiyalari to‘xtatilganidan keyin elektromobillarga bo‘lgan talabning keskin kamayishi bilan murakkablashdi.
“Biz Fordning Yevropada raqobatbardoshligini ta’minlash uchun qiyin, ammo qat’iy choralar ko‘rishga majburmiz”, – dedi kompaniya bosh direktori Markus Vassenberg.
Ford elektromobillar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish maqsadida Kyolndagi zavodni modernizatsiya qilishga deyarli ikki milliard yevro sarmoya kiritdi, biroq kompaniyaning umidlari oqlanmadi – yangi modellar sotuvi rejalashtirilganidan pastligicha qolmoqda.
Moliya yetishmasligi kompaniya rahbarlarining ketishiga olib keldi: shu tariqa, shu yozda Fordning Germaniyadagi rahbari Martin Sander Volkswagenga o‘tdi.