AQShning amaldagi prezidenti Jo Bayden ma'muriyati Britaniyaning uzoq masofali "Storm Shadow" raketalari bilan Rossiya hududiga zarba berishga ruxsat berdi. Bu haqda Times gazetasi Dauning-stritdagi hukumat manbalariga tayanib yozmoqda.
Nashr suhbatdoshlari ta'kidlashicha, Bosh vazir Key Starmer boshchiligidagi Britaniya Vazirlar Mahkamasi Rossiyaga "jang maydonida strategik ustunlik" bermaslik uchun "Storm Shadow"dan Rossiyaga qarshi foydalanish bo'yicha rasmiy bayonot berishdan bosh tortgan.
Bundan tashqari, Starmerga yaqin bo'lgan manbalarning ta'kidlashicha, Amerikaning boshqaruv tizimi orqali nazorat qilinadigan "Storm Shadow"dan foydalanish urush jarayonini o'zgartirishi dargumon.