Namanganda bir oilaning 3 nafar aʼzosi is gazidan zaharlanib vafot etdi.
Bosh prokuratura matbuot xizmatining “Daryo”ga xabar berishicha, yana bir kishi ham zaharlanib, ogʻir holatda tibbiyot birlashmasiga olib kelingan va koʻrsatilgan tibbiy yordam natijasida hayoti saqlab qolingan.
Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.