Ulug‘bek Lapasov O‘zbekistonning Kubadagi elchisi etib tayinlandi. Bu haqda Kuba Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 19-noyabr kuni Kuba Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Jozefina Vidal Ferreyro Kuba Tashqi ishlar vazirligi shtab-kvartirasida Ulug‘bek Lapasovni qabul qilgan.
Tadbirda Lapasov Kuba Respublikasi hukumatiga ishonch yorlig‘i nusxalarini taqdim etdi.