“Amaldagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining faoliyatini davom ettirib turish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-189-son, 19.11.2024-y.) qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yangi saylangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oldida o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilganligi munosabati bilan amaldagi O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi yangi tarkibdagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi shakllantirilguniga qadar o‘z faoliyatini davom ettirib turishi belgilandi.
Farmon rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.