KXDR yetakchisi Koreya xalq armiyasi qo‘mondonlari va siyosiy yetakchilar uchrashuvida urushga tayyorgarlik ko‘rish zarurligini aytdi. Bu haqda KCNA agentligi xabar berdi.
Kim Chen Inning fikricha, AQSH va Janubiy Koreyaning harakatlari Koreya yarim oroli tarixidagi eng keskin vaziyatni yuzaga keltirdi.
Shimoliy Koreya rahbari mintaqa “dunyodagi eng qaynoq nuqta”ga aylanganiga e’tibor qaratdi. U urushga tayyorgarlik haqida ham gapirdi.
Eslatib o‘tamiz, 18 noyabr kuni ertalab Shimoliy Koreya uch haftalik tanaffusdan so‘ng Janubiy Koreya hududiga 40 ga yaqin axlat sharlarini uchirgani haqida xabar bergan edik.