Eronda hijob o‘rash qoidalarini buzgan ayollar uchun maxsus “klinika” ochilishi e’lon qilindi. Bu haqda Iran International xabar berdi.
Unga ko‘ra, Eron hukumati amaldagi qoidalarni buzgan holda jamoat joylarida hijob o‘ramaydigan ayollarga yordam berish uchun maxsus klinikalar ochish niyatida ekanini ma’lum qilgan.
“Ushbu markaz, ayniqsa, ijtimoiy va islomiy o‘zlikni izlayotgan o‘smirlar, yoshlar va ayollarni hijobni yechishni ilmiy va psixologik jihatdan davolash uchun tashkil etiladi”, – dedi xotin-qizlar va oila masalalari bo‘limi boshlig‘i Mehri Tolebiy.
U klinikaga tashrif buyurish ixtiyoriy bo‘lishini aytdi.
Klinikani to‘g‘ridan to‘g‘ri oliy rahbar Oyatulloh Ali Xomanaiy tomonidan tayinlangan Muhammad Solih Hoshimiy Golpayegani boshqaradi.