Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida tegishli xabar qoldirdi, deb xabar bermoqda DW.
Tramp kichik Kennedini Sog‘liqni saqlash va aholiga xizmat ko‘rsatish (HHS) kotibi lavozimiga nomzod qilib ko‘rsatdi.
"Barcha amerikaliklarning xavfsizligi va salomatligi har qanday ma’muriyatning eng muhim ustuvor yo‘nalishidir va HHS har kimni zararli kimyoviy moddalar, ifloslantiruvchi moddalar, pestitsdlar, farmatsevtika va oziq-ovqat qo‘shimchalaridan himoya qilishda katta rol o‘ynaydi", - deya qo‘shimcha qildi u.
Avval xabar qilinganidek, AQSHning yaqinda saylangan prezidenti Donald Tramp Florida shtatidan senator Marko Rubioni o‘zining bo‘lajak ma’muriyatida Davlat departamenti rahbari etib tayinladi.
Tramp o‘zining bo‘lajak ma’muriyatiga birinchi tayinlovlarni ham e’lon qildi. Shundan so‘ng u Pentagon va Markaziy razvedka boshqarmasining yangi rahbarlarini e’lon qildi va Maskga yangi samaradorlik departamentini boshqarishni taklif qildi.