AQSHning amaldagi prezidenti Jo Bayden yangi saylangan davlat rahbari Donald Trampni Oq uyda qabul qildi, deya xabar beradi Euronews.
Bayden va Tramp hokimiyatning bosqichma-bosqich o‘tishini muhokama qildilar. Bu - hokimiyatni tinch yo‘l bilan topshirishning an’anaviy qismi hisoblanadi. Biroq Tramp to‘rt yil avval tadbirda qatnashishdan bosh tortgan edi.
Uchrashuv chog‘ida Bayden Tramp bilan qo‘l berib salomlashdi. Ularning har biri demokratik boshqaruvdan respublika boshqaruviga bosqichma-bosqich o‘tish majburiyatini oldi.
Nutq davomida Bayden yangi saylangan prezidentni tabrikladi. Shu bilan birga Tramp Baydenga minnatdorchilik bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Ilon Maskni hukumat samaradorligi departamenti rahbari etib tayinlagani xabar qilingandi.
Shuningdek, Ilon Mask Donald Trampni qo‘llab-quvvatlash uchun 200 million dollar sarflagani ma’lum bo‘ldi.