Xitoyda so‘nggi o‘n yil ichida ma’lum bo‘lgan eng qonli hujumda haydovchining mashinani sport markazidagi olomon ustiga haydab yuborishi oqibatida 35 kishi halok bo‘ldi.
CNN telekanalining xabar berishicha, dushanba kuni kechqurun Xitoyning janubida bir kishi o'z mashinasini sport markazida mashq qilayotgan olomon ustiga haydab yuborib 35 kishini o‘ldirgan, politsiya bu voqeani mamlakatda so'nggi o'n yillikdagi eng qonli hujum deb atagan.
Kanalning seshnba kungi politsiya bayonotiga tayanib qo‘shimcha qilishicha, Zhuhan shahrida yuz bergan mazkur hujum natijasida 43 kishi jarohatlanib, kasalxonaga yotqizilgan.
"Haydovchi Fan ismli 62 yoshli erkak voqea joyidan qochishga uringanida qo‘lga olingan. Dastlabki tergov shuni ko'rsatdiki, u ajrashish bo'yicha kelishuv natijasidan norozi bo'lgan", — deya politsiyadan iqtibos keltiradi CNN.