Afg‘onistonda 5,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring markazi xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 13 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 10:13 da (Grinvich bo‘yicha 05:13da) Afg‘onistonda yer silkinishi hodisasi kuzatilgan. Zilzila koordinatalari 36,4 gradus shimoliy kenglik, 71,2 gradus sharqiy uzunlikka teng.
Manbaga ko‘ra, yer qimirlashi 100 km chuqurlikda yuzaga kelgan, uning magnitudasi 5,8 ga teng. Zilzila epitsentri Toshkentdan 568 km janubiy-sharqda joylashgan.