U mast holatda keliniga nisbatan shahvoniy shilqimlik qilib, turli-xil uyatsiz so‘zlar aytgan.
2024-yil 11-noyabr kuni Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudida MJtKning 41-1-moddasi 1-qismi va 194-moddasining 1-qismi bilan sudlanayotgan X.U.ga (erkak) oid sud ishi ko‘rib chiqildi.
Aniqlanishicha, U.X. (ayol) IIO FMBga ariza bilan murojaat qilib, qaynotasi X.U. 2024-yil 10-noyabr kuni, mast holatda unga nisbatan shahvoniy shilqimlik qilib, turli-xil uyatsizlar so‘zlar ishlatganligi yuzasidan murojaat qilganligi haqida xabar berganligi sababli, holatga aniqlik kiritish maqsadida IIO xodimlari X.U.ni IIO FMB binosiga taklif qilin. Shunda X.U. ularning qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan tuman IIO FMB binosiga borishdan bosh torgan.
Sud majlisida so‘ralgan huquqbuzar X.U. aybiga qisman iqrorlik bildirib, voqea kuni biroz mast bo‘lganligini, shu sababli U.X.ga nisbatan shilqimlik qilganligini bildirib, suddan adolatli qaror chiqarishni so‘rab, ko‘rsatuvlar berib o‘tgan.
Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi X.U. MJtKning 411-moddasi 1-qismi va 194-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topildi va shu modda bilan 5 sutka ma’muriy qamoq jazosiga hukm qilindi.