Xitoy Xalq Respublikasi Savdo vazirligi 15-noyabrdan boshlab Yevropa Ittifoqi (YI) brendiga qarshi vaqtinchalik antidemping choralarini joriy qiladi. Bu haqda Xitoy Savdo vazirligi saytida ma’lum qilindi.
Vazirlik bayonotida qayd etilishicha, tegishli tergov natijalariga ko‘ra, avvalroq Yevropa Ittifoqida ishlab chiqarilgan brendi import qilishda demping sodir bo‘lishi aniqlangan. Shu sababli, ushbu alkogolli ichimlikning xitoylik ishlab chiqaruvchilari katta zarar yetkazish xavfi ostida.
2024 yil 15 noyabrdan boshlab Yevropa Ittifoqi brendi import qiluvchi kompaniyalar 30,6 foizdan 39 foizgacha bo‘lgan demping marjasi asosida depozit to‘lashlari kerak. Ushbu choralar 200 litrdan kam bo‘lgan idishlardagi uzum asosidagi spirtli ichimliklarga nisbatan qo‘llaniladi.
Eslatib o‘tamiz, Xitoy 2024 yilning yanvarida Yevropa Ittifoqidan kelgan brendiga qarshi antidemping tekshiruvini boshlagan edi.