Venesueladagi gazni qayta ishlash zavodida ro‘y bergan portlash oqibatida uch kishi jarohat oldi, deya xabar beradi Rossiyaning Ria Novosti agentligi.
Venesuelaning sharqiy Monagas shtatidagi PDVSA kompaniyasining Muskar gazni qayta ishlash zavodida kuchli portlash yuz berdi. Hodisa oqibatida kamida 3 kishi jarohatlangan.
“Esekel-Samora ma’muriy okrugidagi PDVSA kompaniyasiga tegishli Muskar zavodida portlashdan keyin yong‘in sodir bo‘ldi. Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, jarohatlangan uch kishi PDVSA klinikasiga yetkazilgan”, — deyiladi xabarda.
Mahalliy aholining xabar berishicha, kamida beshta portlash sodir bo‘lgan, zavod yaqinidagi hududda evakuatsiya qilingan.