Bu haqda mamlakatning qator ommaviy axborot vositalari, jumladan, New York Times, Wall Street Journal nashirlari, shuningdek, CBS hamda CNN telekanallari o‘z manbalariga tayanib xabar bermoqda.
Jurnalistlarning so‘zlariga ko‘ra, hali yakuniy qaror qabul qilingani yo‘q, biroq o‘tgan haftada Amerika diplomatiyasi rahbari lavozimiga nomzodlar haqida gap ketganda Rubioning ismi doimiy ravishda eshitilib kelinmoqda.
Amerika matbuotining yozishicha, Tramp saylovoldi tashviqoti davomida Rubioni vitse-prezident lavozimiga nomzod sifatida ko‘rgan, biroq oxir-oqibat Jey Di Vens nomzodida to‘xtagan.
Rubioning tayinlanishi, agar bu sodir bo‘lsa, uning Tramp bilan munosabatlarida hayratlanarli burilish bo‘ladi, deb ta’kidlaydi AFP.
2016 yilda ikkala siyosatchi ham Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod bo‘lish uchun kurashayotgan paytda Rubio Trampni “firibgar” va “prezidentlikka da’vogarlik qilgan eng qo‘pol odam” deb atagan edi. Tramp Rubioni “kichkina Marko” deb atagan va uning televizordagi chiqishlarini mazax qilgan.