Voqea joyiga politsiya va tez yordam xizmati yetib kelgach, 25 yoshli singapurlik tez yordam mashinasida shifoxonaga olib ketilgan va u olgan jarohatlari tufayli vafot etgan.
Mahalliy politsiya
ma’lumotlariga ko‘ra, 25 yoshli yigit Belgiyada talaba bo‘lgan, biroq uning qayerda tahsil olgani haqidagi ma’lumotlar oshkor etilmagan.
U Bryussel shahrida ikki do‘sti bilan Beurs hududida bo‘lganida, politsiya hisobotiga ko‘ra, ularga yana ikki yosh yigit kelib, ulardan sigaret so‘radi. Keyin talabaning telefonini berishini talab qilgan, lekin u berishdan bosh tortgan.
Hujumchilar singapurlikni pichoqlab, voqea joyidan qochib ketgan.
"Ikki gumondor tezda aniqlandi", - deyiladi prokuratura bayonotida. “Ularning ikkalasi ham 18 yoshda. Biz ularning uylarini tintuv qilib, hibsga oldik”.
Pichoqbozlik sabablari noaniqligicha qolyapti, chunki na politsiya, na prokuratura tergov davomida hech qanday ma’lumot bermagan.
Yevropa poytaxti markazidagi jinoiy vaziyat og‘irligicha qolyapti. Kechqurun bir qator hududlarda giyohvand moddalar to‘dalari o‘rtasida to‘qnashuvlar sodir bo‘lib, cho‘ntak o‘g‘rilik va talonchilik holatlari tez-tez uchrab turadi.