Putin noqonuniy migratsiyada ishtirok etganlik uchun jazoni kuchaytiruvchi qonunni imzoladi.
Xususan, xorijliklarning Rossiya Federatsiyasiga noqonuniy kirishi va bo‘lishini tashkil etganlik, shuningdek, mamlakatdan tranzit sifatida foydalanganlik uchun 2 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish nazarda tutilgan.
Og‘irlashtiruvchi holatlar qamoq muddatini uzaytiradi (u 5 yildan 10 yilgacha bo‘ladi), shuningdek jarimalarni oshiradi va taqiqlarni uzaytiradi.
Shuningdek, noqonuniy migrant tomonidan jinoyat sodir etilishi og‘irlashtiruvchi omilga aylandi. Bu ham Putin imzolagan qonunda aks etdi.