08.11.2024 18:08
Xabarda aytilishicha, 129 tonna og‘irlikdagi Geumsong bortida 27 ekipaj a’zosi – 16 nafar janubiy koreyalik va 11 nafar indoneziyalik bo‘lgan. Sohil qo‘riqlash xizmatiga Seul vaqti bilan soat 4:31'da kema Jejuning Biyang orolidan 24 kilometr uzoqlikda cho‘kayotgani haqida favqulodda qo‘ng‘iroq kelib tushgan.
27 kishidan 15 nafari yaqin atrofdagi kema tomonidan qutqarilgan, shu jumladan ikki nafari yuraklari to‘xtab qolgan holatida topilgan va yaqin atrofdagi shifoxonalarga yetkazilgan. Ularning ikkalasi ham janubiy koreyalik ekani, keyinroq esa vafot etgani e’lon qilingan.
12 nafar bedarak yo‘qolganlardan 10 nafari Janubiy Koreya va ikki nafari Indoneziya fuqarosi.
Sohil xavfsizlik xizmati bedarak yo‘qolganlarni suv ostida qidirish ishlari soat 13:00 atrofida boshlanganini hamda bir nechta maxsus qutqaruv guruhlaridan 27 nafar g'avvos jalb qilinganini aytgan.