Janubiy Koreya Shimoliy Koreyaning yaqinda uchirilgan raketalariga javoban Sariq dengizda ballistik raketa uchirdi, deb yozmoqda "Report" "Yonxap" agentligiga tayanib.
Xabarda aytilishicha, gap Seuldan 108 km uzoqlikdagi g‘arbiy Txean okrugida (Chunchxonnam-do provinsiyasi) bo‘lib o‘tgan mashg‘ulotlar davomida "Xyonmu-2" toifali qisqa masofaga mo‘ljallangan ballistik raketaning uchirilishi haqida ketmoqda.
Manevrlar davomida raketa uchirilgan KXDR kemasiga hujum ssenariysi ishlab chiqilgan. Ta’kidlanishicha, mashg‘ulotlar Seulning Pxenyan tomonidan qilingan “har qanday provokatsiyaga javob qaytarishga” tayyorligini ko‘rsatish uchun o‘tkazilgan.