AQSH prezidenti Donald Tramp inauguratsiyasi 2025-yil 20-yanvarda bo‘lib o‘tadi. Bu sana mamlakatdagi birinchi milliy kundalik gazeta USA Today tomonidan e’lon qilindi.
An’anaga ko‘ra, inauguratsiya Vashingtondagi Kapitoliy binosida bo‘lib o‘tadi. Ushbu sanadan oldin ham, undan keyin ham bir qator boshqa bayram tadbirlari o‘tkaziladi. Ular orasida paradlar va ballar bor.
Oq uyning 47-boshlig‘ini bevosita saylaydigan saylovchilar kollegiyasining ovoz berish jarayoni 17 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. Ularning ovoz berish natijalarini sarhisob qilish va tasdiqlash 6 yanvarga belgilangan.
Saylovdagi g‘alabasini e’lon qilar ekan, Tramp “Amerikaning oltin davri” boshlanganini e’lon qildi, shuningdek, butun dunyo bo‘ylab urushlarni to‘xtatishga va’da berdi.