AQSHning Arizona shtatida shahar chetidagi aeroportdan havoga ko‘tarilgan samolyot bir necha daqiqadan so‘ng yo‘ldagi mashinalar ustiga qulab tushdi, deb yozmoqda New York Times.
Politsiyaning ma’lum qilishicha, samolyot Feniksdan sharqda joylashgan Mesa shahridagi Falcon Field aeroportidan uchishni boshlaganda qulagan. Federal aviatsiya ma’muriyati ma’lumotlariga ko‘ra, Honda HA-420 yengil biznes samolyoti havoga ko‘tarilganidan ko‘p o‘tmay aeroport binosi tashqarisida harakatlanayotgan avtomobillar ustiga qulagan.
“Samolyot ichida bo‘lgan 5 nafar yo‘lovchi ham vafot etgan”, – deyiladi xabarda.
Shuningdek, politsiya mashina ichida bo‘lganlar orasida halok bo‘lganlar haqida aniq ma’lumot bermagan.