Ispaniyada suv toshqinlari qurbonlari soni kundan kunga ortib bormoqda. Rasmiylarning aytishicha, toshqin qurbonlari soni 205 nafarga yetgan.
Qidiruv hali ham davom etmoqda, shuning uchun ularning soni ortishi mumkin, deb xabar beradi Euronews.
Ispaniyada 2-noyabrgacha motam kuni e’lon qilindi. Hozir tabiiy ofatdan jabr ko‘rgan mamlakatning janubi-sharqiy viloyatlaridan batafsil ma’lumotlar kelayapti. Ayni paytda qurbonlar soni 205 nafarga yetgan. Eng ko‘p qurbonlar Valensiya mintaqasida qayd etilgan bo‘lib, u yerda 22 kishi halok bo‘lgan.
Rasmiylar hozirda bedarak yo‘qolganlar soni to‘liq aniqlanmaganiga ishora qilmoqda, bu esa qurbonlar soni ortishini anglatadi.
Ispaniya janubi-sharqidagi ko‘plab mahallalar vayronalarga aylangan. Mamlakatni shunday ahvolga olib kelgan kuch DANA sinfining bo‘ronidir.
Sinoptiklarning ta’kidlashicha, bu toshqin Ispaniyada 1957-yildan beri birinchi marta sodir bo‘lgan. Shuningdek, ular jabrlangan hududlarga yana kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkinligidan ogohlantirmoqda. Endi u yerda eng yuqori "qizil" ogohlantirish darajasi e’lon qilindi.