Er-xotin voyaga yetmagan farzandini 3 mln so‘m evaziga sotayotganda qo‘lga tushgan.
Jizzaxda 3 yoshli farzandini sotmoqchi bo‘lgan ota-ona ushlandi. Bu haqida "Millar" dasturida ma’lum qilindi.
Aniqlanishicha, fuqaro o‘zining shar’iy nikohidagi turmush o‘rtog‘i bilan jinoiy til biriktirib voyaga yetmagan 2021 yilda tug‘ilgan farzandini 3 million so‘m evaziga sotayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlangan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudida sudlanuvchi er-xotinga nisbatan sud hukmi o‘qildi.
Unga ko‘ra, sudlanuvchi erkak JKning 135-moddasi 3-qismi "a" bandi bilan 8 yilga ozodlikdan mahrum etildi.
Sudlanuvchi ayolga esa JKning 135-moddasi 3-qismi "a" bandi bilan JKning 57-moddasi qo‘llanilib 6 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.