Ijtimoiy tarmoqda qimor o‘yinida pul yutqazib qo‘ygan shaxs o‘zini yoqib yuborganligi aytilgan video tarqalmoqda. Holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 31-oktyabr kuni Andijon shahrida yashovchi 23 yoshli yigit ustiga benzin sepib, o‘zini yoqib, joniga suiqasd qilgan. Shundan so‘ng u kuygan jarohatlari bilan RSHTYOIAM viloyat filialiga keltirib, tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Tergovga qadar tekshiruv davomida R.F.ni olgan tan jarohatlari bo‘yicha sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.