Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatiga tashrif buyuradi, deb xabar bermoqda Prezidentning matbuot kotibi Sherzod Asadov.
Xabarda aytilishicha, safar davomida yirik sanoat obyektlari va ishlab chiqarish korxonalari, ijtimoiy soha tashkilotlari bilan tanishish, yangi loyihalarga start berish rejalashtirilgan.
"Tashrif doirasida davlat rahbari hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha kelgusi ustuvor vazifalarni belgilab beradi", — deyiladi xabarda.