"Xayrli kech, Amerika!" – dedi u so‘zining boshida.
“Bir hafta ichida siz o‘z hayotingizga, oilangiz hayotiga va biz sevgan ushbu mamlakat kelajagiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan qaror qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘lasiz”, – deb davom etdi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bo‘lajak saylov “faqat ikki partiya va ikki xil nomzod o‘rtasidagi tanlov emas”.
Miting o‘tkaziladigan joy tasodifan tanlanmagan – u Oq uy yaqinida joylashgan va Ellips parki nomi bilan mashhur. 2021-yil 6-yanvarda respublikachi Donald Tramp bu yerda o‘z tarafdorlariga murojaat qildi, shundan keyin ularning bir qismi Kapitoliyga bostirib kirgan.
Harrisning aytishicha, Tramp "erkin va adolatli saylovlarda xalq irodasini mag‘lub etish uchun Kapitoliyga qurolli to‘dani yuborgan, chunki u deyarli to‘rt yil avval aynan shu tarafdor bo‘lgan va yutqazgan".
Avvalroq AQSH prezidentligiga nomzod Kamala Xarris chorshanba kuni saylovchilar bilan uchrashuvda raqibi Donald Trampni fashist deb hisoblaysizmi, degan savolga “ha” deb javob bergan edi.