Ispaniyaning Valensiya shahrida "Dana" tofoni tufayli 51 kishi halok bo‘ldi. Internetda suvga botib ketayotgan odamlar va vayron bo‘lgan binolarning suratlari paydo bo‘ldi.
El Mundo gazetasi yozishicha, Ispaniyaning janubidagi bir necha provinsiyani suv bosganidan keyin o‘nlab odamlar suv qopqonida qolgan. 50 dan ortiq kishi, jumladan to‘rt nafar bola halok bo‘lgan. Albasete provinsiyasidan yana olti kishi bedarak yo‘qolgan.
Mahalliy hokimiyat temir yo‘l va havo transportida uzilishlar borligini xabar qilmoqda. Eng ko‘p zarar ko‘rgan hududlardagi aholini uylarini tark etmaslikka chaqirishmoqda.