O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Fransiyaning “Lans” klubi a’zosi Abduqodir Husanov klubining oktyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb, topildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Oktyabr oyida 20 yoshli Husanov jamoasining barcha o‘yinlarida ishtirok etib, to‘liq 90 daqiqa harakatlandi. Joriy mavsum esa himoyachi “Lans” safida jami 11 ta o‘yinda maydonga tushdi.
Oyning eng yaxshi futbolchisini aniqlash bo‘yicha ovoz berish jarayonlarida o‘zbekistonlik futbolchi jamoadoshlari Fakundo Medina va Andi Diuf kabi futbolchilarni katta farq bilan ortda qoldirdi. Husanov 82,84 foiz ovoz bilan yetakchi bo‘ldi.