G‘azo sektori Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, 2023-yil 7-oktyabrdan buyon Isroil armiyasining qamaldagi G‘azo sektoriga uyushtirgan hujumlari qurbonlari soni 43 020 nafarga yetdi.
Yaradorlar soni esa 101 110 kishini tashkil etdi, deb xabar beradi IRNA agentligi.
“Faqat oxirgi kunning o‘zida Isroil armiyasining hujumi natijasida 96 nafar falastinlik halok bo‘ldi, yana 277 nafari yaralandi”, – deb xabar berdi IRNA agentligi G‘azo sektori vazirligiga tayanib.
Eslatib o‘tamiz, HAMAS G‘azo sektori bo‘yicha kelishuvga erishishga tayyorligini ma’lum qilgan edi. Bundan tashqari, Misr garovga olingan to‘rt kishini bir necha falastinlik mahbusga almashtirishni taklif qilgan.