O‘zbekistonning 5 nafar vaziri deputatlikka saylandi.
Saylov natijalariga ko‘ra, Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, Adliya vaziri Akbar Toshqulov, Ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov, Xalq ta’limi vaziri Hilola Umarova, Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayevlar deputatlikka saylanishdi.
Shuningdek, deputatlar orasida Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi direktori va boshqa taniqli shaxslar ham bor.
Saylov kodeksiga ko‘ra, partiya ro‘yxati bo‘yicha saylanib, mandatga ega bo‘lgan deputat mandatdan ixtiyoriy ravishda voz kechgan taqdirda, Markaziy saylov komissiyasi tegishli partiya ro‘yxatidagi tartib raqam bo‘yicha keyingi nomzodga bir kunlik muddatda xabarnoma yuboradi.
Ya’ni, shartli vazir mandatini qaytarib bersa, ro‘yxat bo‘yicha mandat olmagan nomzodga mandat beriladi.