Oliy Majlis Senati 2020-2024-yillar davomida esa 59 ta yalpi majlisda 700 dan ortiq masalani ko‘rib chiqqan.
Bu haqda Senat raisi Tanzila Norboyeva Senatning ellik to‘qqizinchi yalpi majlisida aytib o‘tdi.
Tanzila Norboyevaning ma’lum qilishicha, o‘tgan davrda 440 ga yaqin qonun muhokamaga olib chiqilgan. E’tiborli jihati shuki, 20 ta qonun ulardagi ayrim normalar inson huquqlarini ta’minlash hamda hududlar manfaatlarini o‘zida to‘liq ifoda etmaganligi, umuman olganda, ularni yanada takomillashtirish zarur bo‘lgani sabab rad etilgan.
Mamlakatimizning xalqaro reytinglardagi o‘rniga ta’sir qiluvchi 20 dan ortiq strategiya, 5 ta kodeks, 35 ta qonun, 4 ta konsepsiya va 60 dan ziyod normativ-huquqiy hujjat loyihalari ishlab chiqilib, qabul qilindi, dedi senat raisi.