13-11-2025 10:35

Poliomiyelit bilan kasallanishning so‘nggi holati mamlakatda 30 yildan ko‘proq vaqt oldin qayd etilgan. 2021-yildan boshlab Germaniyada atrof-muhitdagi suv namunalarida poliovirus bor-yo‘qligini aniqlash bo‘yicha monitoring yo‘lga qo‘yilgan. Virus aynan shu monitoring doirasida aniqlandi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, bu Yevropada 2007-yildan beri birinchi marta yovvoyi poliovirus aniqlangan holatdir. O‘shanda virus Shveysariyada qayd etilgan edi. Hech bir mamlakat poliomiyelit bilan kasallanish holatlaridan sug‘urtalanmagan. Ammo Germaniyada kasallikning tarqalish xavfi emlashning yuqori darajasi tufayli juda past hisoblanadi.
Poliomiyelit virusli infeksiya bo‘lib, o‘limga yoki falajlikka olib kelishi mumkin. Bolalarni ommaviy emlash tufayli 1988-yildan beri kasallanish holatlari 99 foizga kamaygan. Hozirgi vaqtda yovvoyi poliovirus dunyoning faqat ikki mamlakatida: Pokiston va Afg‘onistonda endemikdir. Vaksina hosil qilgan poliovirus esa ko‘proq mamlakatlarda uchraydi. Kanalizatsiya suvlarini poliovirusga testdan o‘tkazish virusning har ikki shaklini aniqlashda jahon bo‘yicha qo‘llanadigan kuzatuv usulidir.
