24 iyul kuni Toshkent shahridagi Chilonzor, Yakkasaroy, Mirobod va Yashnobod tumanlarida elektr ta’minotida majburiy cheklovlar joriy etildi. Bu chora «HET» kompaniyasi tomonidan ortiqcha yuklanishni oldini olish maqsadida amalga oshirildi.
O‘zbekistonlik professional bokschi Bahodir Jalolov (15-0, 14 KO) va italiyalik raqibi Janmarko Kardilo (12-1-2, 2 KO) o‘rtasidagi jang bekor qilindi. Bu haqda Top Rank promouterlik kompaniyasi o‘zining X (sobiq Twitter) sahifasida xabar berdi
O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 25-iyul kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 23-25 daraja iliq, kunduzi 38-40 daraja issiq bo‘ladi.
AQSH prezidenti Donald Tramp Truth Social tarmog‘ida yozishicha, Coca Cola o‘z mahsulotining tarkibini o‘zgartirishga rozi bo‘lgan. Endi ichimlik tayyorlashda yuqori fruktozali makkajo‘xori siropi o‘rniga haqiqiy shakarqamishdan olingan shakar ishlatiladi.
Bugun, 24-iyul kuni ertalab Kambodja va Tailand o‘rtasidagi bahsli Ta Moan Tom ibodantxonasi yaqinida, Bangkokdan 360 km sharqda joylashgan chegara hududida to‘qnashuvlar boshlandi. Bu haqda mahalliy manbalarga tayanib, “Reuters” xabar berdi.