
Bugungi kunda milliy tashabbuslar asosida faoliyat yuritayotgan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi xorijdan deyarli 2000 dan ortiq o‘zbek tarixiy artefaktlarini qaytardi. Shuningdek, xalqaro auksionlar va hamkorliklar orqali noyob eksponatlarni sotib olishga muvaffaq bo‘ldi.

O‘zbekistonda 2026-yilda superkompyuterlar xarid qilish uchun mablag‘lar ikki karraga oshiriladi. Bu haqda 21-oktyabr kuni sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish yuzasidan prezident raisligidagi videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.

«Biz 2030-yilga borib, sun’iy intellekt bo‘yicha «TOP-50» ta davlat qatoriga kirishni maqsad qilganmiz. Shu bois, ilg‘or xorijiy tajribadan kelib chiqib, «Sun’iy intellekt alyansi»ni tashkil qilamiz», – deya ta’kidladi Prezidentimiz.

Buyuk Britaniyada ko‘zi ojiz odamlarning ko‘z nurini tiklash maqsadida yangi kashfiyot qilindi. Unda klinik sinov o‘tkazilib, odam sochidan ham yupqa bo‘lgan elektron chip ko‘zi ojiz odamga o‘rnatildi. Natijada 38 nafar keksa bemor qayta ko‘rish imkoniga ega bo‘ldi.

So‘nggi yillarda barcha vazirlik va idoralarda ish jarayonlari va ma’lumotlarni raqamlashtirish bo‘yicha ancha ish qilindi. Raqamli hukumat platformasi orqali davlat organlari o‘rtasida inson omilisiz ma’lumotlarning almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.

Iroq milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Qosim al-A’rajiy Iroq o‘z yerlari yoki havo hududidan Eron yoki boshqa qo‘shni davlatlarga tahdid qilish uchun foydalanishga yo‘l qo‘ymasligini ma’lum qilgan.

Prezidentimiz dunyoda sun’iy intellektga talab ortib borayotgan hozirgi davrda raqobatdosh bo‘lish uchun 3 ta eng asosiy masala – infratuzilma, ochiq ma’lumotlar va kadrlar tayyorlashga e’tiborni kuchaytirish zarurligini qayd etdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 20-oktyabr kuni Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurib, bu yerdagi ekspozitsiyalar orqali xalqimizning boy tarixiy va ma’naviy merosini keng namoyish etishga qaratilgan ishlar bilan tanishdi.