
O‘zbekistonda 2030-yilgacha mahallalardagi barcha asfaltlanmagan ichki yo‘llar tartibga keltiriladi. Bu haqda transport vaziri Ilhom Mahkamov 11-iyul kuni Qonunchilik palatasida bo‘lib o‘tgan hukumat soatida ma’lum qildi.

2025-yil 1-iyuldan boshlab, O‘zbekistonda madaniy meros obyektlari va ularga tutash hududlar elektron auksion orqali uzoq muddatga ijaraga beriladi. Bu orqali obyektlarni saqlash, obodonlashtirish va samarali foydalanish maqsad qilingan.