15-07-2025 08:54
“O‘zgidromet“ agentligining xabar berishicha, 17-iyulda respublika shimolida, janubida va cho‘l hududlarida, 18–20-iyul kunlari esa hududning katta qismida havo harorati 40–43 darajagacha, janubiy va cho‘l hududlarda esa ayrim joylarda 44–45 darajagacha ko‘tarilishi mumkin.
Respublika bo‘yicha shamol tezligi 13–18 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda esa chang-to’zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.