16-07-2025 05:26
Bilimni baholash agentligining ma’lum qilishicha, test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 4 xil usulda bilishlari mumkin.
my.uzbmb.uz sayti orqali — “Natijani olish“ bo‘limidan talabaning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda;
mandat.uzbmb.uz sayti orqali — abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID-raqamini kiritgan holda;
Agentlik Telegram botlari orqali — abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID-raqamini yuborgan holda: @bmba_natija_bot, @bmba_natija_1bot, @bmba_natija_2bot;
Abituriyentlar test natijalarini 5100 raqamiga qayd varaqasi yoki ruxsatnomada ko‘rsatilgan abituriyent ID sini yuborgan holda ham bilishi mumkin.
Bunda SMS yuborilgan telefon raqamiga test natijasi bo‘yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).