
Vazirlar Mahkamasining yangi qaroriga muvofiq, 2025-yildan boshlab ta’lim sohasidagi eng faol o‘qituvchilar va 7–14 yoshdagi iqtidorli o‘quvchilar maxsus dam olish maskanlarida 12 kunlik bepul yo‘llanmalar asosida ta’tilini o‘tkazishi mumkin bo‘ladi.

O‘zbekiston parlamentida o‘zini muxolifat deb e’lon qilgan siyosiy partiyalarga qator kafolatlangan huquqlar berildi. Yangilangan qonunga ko‘ra, ular qonunchilik jarayonida va nazorat funksiyalarida faolroq ishtirok etish imkoniga ega bo‘ladi.

O‘zbekistonda 2025-yil boshidan buyon havo transportida 5 ta yo‘lovchi vafot etdi. Uzbekistan Airports ma’lumotlariga ko‘ra, bu holatlarning barchasi parvoz vaqtida, manzilga yetib borishdan avval sodir bo‘lgan.

O‘zbekistonda suv resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlash va uni muhofaza qilish maqsadida yangi normativ baza shakllandi. 2025 yil 30 iyul kuni mamlakatning yangi Suv kodeksi qabul qilindi va u rasman e’lon qilinganidan so‘ng uch oy ichida kuchga kiradi.

Yandex Uzbekistan o‘zining qidiruv xizmatini sun’iy intellekt asosida yangiladi. Yangilangan Yandex Search neyron tarmoqlar yordamida o‘zbek tilidagi so‘rovlarni yaxshiroq tushunish va ularga mos ma’lumotlarni topish imkonini beradi.