30-07-2025 12:16
Toshkent shahar hokimligi bot manziliga kelib tushayotgan qurilishga aloqador murojaatlarning ko‘pligi sababli, aholiga qulaylik yaratish maqsadida, qurilishi vaqtincha to‘xtatilgan firma va kompaniyalarning holatini onlayn tekshirishingiz mumkin bo‘lgan yangi sahifa ishga tushirildi.
Endi har bir fuqaro qurilish kompaniyasining nomini kiritgan holda, uning faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan yoki to‘xtatilmaganini bir necha soniya ichida bilib olishi mumkin.
Qurilish tashkilotlarining holatini ushbu havola (https://shr-tashkent.uz/qurilish) orqali o‘tgan holda tekshirishingiz mumkin.