31-07-2025 07:41
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasi majlisining 2025-yil 30 iyuldagi 62-son bayoniga binoan O‘zbek tili qoida va me’yorlari asosida shakllantirilgan hamda rasmiy muomalaga kiritiladigan yangi so‘z va atamalar ro‘yxati tasdiqlandi.
Yangi ro‘yxatdagi so‘zlar orasida xalq orasida keng tarqalgan «dostavka» so‘zi «yetkazish», «parol» so‘zi «o‘ron», «svetofor» so‘zi «yo‘lchiroq», «link» so‘zi esa «havola» deb tarjima qilindi.
To‘liq ro‘yxat:
Avans — Bo‘nak
Avtopilot — Avtoboshqaruv
Aysberg — Muztog‘
Bodikamera — Yonkamera
Brizgovik — Loyto‘skich
Vnedorojnik — Yo‘ltanlamas
Diskussiya — Bahs, munozara
Dostavka — Yetkazish
Zona — Hudud
Karving — O‘ymabezak
Konfidensial — Maxfiy
Klaster — Klaster
Kovorking — Ish markazi
Kolovorot — Qo‘lparma
Koridor — Yo‘lak
Kotlovan — Xandaq
Lebyodka — Chig‘ir
Lider — Yo‘lboshchi, yetakchi
Link — Havola
Markirovka — Tamg‘alash
Marshrut — Yo‘nalish
Master klass — Mahorat darsi
Motivatsiya — Ruhlantirish, rag‘bat
Navigator — Yo‘llagich
Najdak — Qumqog‘oz
Oprava — Gardish
Otvyortka — Buragich
Parol — O‘ron
Pereplyot — Muqovalash
Polik — To‘shama
Portfolio — Yig‘majild
Progressiv — Ilg‘or
Rastushevka — Qoshpardoz
Svetofor — Yo‘lchiroq
Sillabus — Ishchi dastur
Smart — Aqlli
Chellenj — Chorlov
Shurup — Buramamix
IT park — AT parki (Axborot texnologiyalari parki)
IT texnologiyalari — Axborot texnologiyalari (AT)