
Samarqand shahrida 2025 yil 30 oktyabrdan 13 noyabrgacha bo‘lib o‘tgan BMTning Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (UNESCO) Bosh konferensiyasining qirq uchinchi sessiyasi doirasida delegatsiyalar O‘zbekiston xalqiga va hukumatga chuqur minnatdorlik bildirdi. Bu haqda Tashqi ishlar vaziri matbuot kotibi Ahror Burhonov xabar qildi.

Toshkent shahrida 14–17-noyabr kunlari bir qator yirik xalqaro tadbirlar, jumladan, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvi o‘tkazilishi sabab ayrim ko‘chalarda vaqti-vaqti bilan transport vositalari harakati qisman cheklanib, ular uchun aylanma harakat tashkil etiladi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot muassasalarida pulli xizmat ko‘rsatish tartibi tasdiqlandi. Hukumatning 11-noyabrdagi qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, tibbiyot muassasasiga mijoz rejali tibbiy yordam olish uchun tegishli yo‘llanmasiz, o‘z ixtiyori bilan murojaat qilganda, tibbiy yordam belgilangan tartibda pulli asosda ko‘rsatiladi.

Hukumat qarori (715-son, 11.11.2025 y.) bilan “Ijtimoiy himoya fidoyisi” ko‘krak nishoni to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. Nizom “Ijtimoiy himoya fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash tartibini belgilaydi.

Jahon madaniy va tabiiy merosini muhofaza qilish to‘g‘risidagi Konvensiyaga a’zo davlatlar O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi, YUNESKO ishlari bo‘yicha Milliy komissiya rahbari Gayane Umerovani mazkur nufuzli tuzilma Bosh Assambleyasi 25-sessiyasining raisi etib sayladi.