Kino sanoati shu qadar rivojlanib ketdiki, bugungi kungacha suratga olingan barcha filmlarning umumiy soni milliondan oshgan bo‘lsa ham ajabmas. Harqalay, to‘liq metrajli badiiy filmlar soni 500 mingga yaqinligi aytiladi. Qisqa metrajli filmlar, seriallar, hujjatli filmlarni ham qo‘shib hisoblansa, umumiy raqam yetti xonali son bo‘lishi mumkin. Bu esa kino olamida ham alohida e’tirofga loyiq va hatto tomoshabinni hayratga soladigan rekordlar qayd etilishiga zamin yaratadi.