"Oppenheymer" filmi rejissyori va ushbu film uchun "Oskar" mukofotini qo'lga kiritgan rejissyor Kristofer Nolan 2024-yilni yana bir yutuq bilan yakunlamoqda.
Britaniya va amerikalik 54 yoshli kinorejissyor Buyuk Britaniya qiroli Charlz III dan ritsarlik unvonini qabul qilib oldi. USA Today'ning yozishicha, Nolanga mazkur unvon "kinoga qo'shgan ulkan hissasi uchun" topshirilgan.
Joriy yilning 11-mart kuni Los-Anjelesda "Oskar" mukofotining g'oliblarini taqdirlash marosimi o'tkazilgandi. Unda "Oppenheymer" filmi 7 ta "Oskar"ga ega chiqqandi. Xususan, Kristofer Nolanning shaxsan o'zi "Eng yaxshi film" va "Eng yaxshi rejissyor" nominatsiyalari uchun sovrinni qabul qilib olgandi.