Xonandaga Turkiyada og‘ir jinoyat hisoblangan noqonuniy pul tikishni targ‘ib qilish aybi qo‘yilgan.
Turkiyalik mashhur qo‘shiqchi Serdar Ortach qamoq jazosiga hukm qilindi.
Ortach reklama va noqonuniy pul tikishni targ‘ib qilish to‘g‘risidagi qonunni buzgani uchun 10 oylik qamoq va 400 lira miqdorida jarimaga tortildi, deb yozadi Haber Global.
Qayd etilishicha, sud hukm ijrosini kechiktirish to‘g‘risida qaror qabul qilgan — bu qaror Istanbul prokuraturasi tomonidan qimor o‘yinlarini tartibga soluvchi qonunlarni buzganlikda ayblanib, o‘tkazilayotgan tergov doirasida qabul qilingan.
Xonandaga Turkiyada og‘ir jinoyat hisoblangan noqonuniy pul tikishni targ‘ib qilish aybi qo‘yilgan. Qamoq jazosidan tashqari u jarima ham to‘laydi. Biroq sud hukmni darhol bajarmaslikka qaror qilib, xonandaga hozircha qamalmaslik imkonini berdi.
Eslatib o‘tamiz, Ortach va ushbu ishda ayblanayotgan taniqli turk shoumen Mehmet Ali Erbil dastlabki tergov doirasida uy qamog‘ida edi.