Aktrisa Halima Ibragimova 45 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.
Aktrisa Halima Ibragimova hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda "Mirzo teatri"ga yaqin manba bilan bog‘langan Kun.uz muxbiri xabar berdi.
"Mirzo teatri"dagi manba aktrisa vafot etgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarni tasdiqladi. O‘lim sabablari haqida hozircha ma’lumot yo‘q.
Halima Ibragimova so‘nggi bor 25-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda og‘ir betob bo‘lgani haqida aytgandi.
Halima Ibragimova 1979-yilda tug‘ilgan. Toshkent davlat san’at instituti drama aktyorligi bo‘limida tahsil olgan.
U ko‘p yillar davomida Mirzabek Xolmedov boshchiligidagi teatr-studiyada ishlagan. Shuningdek, kinofilmlarda turli rollarni ijro etgan.
Protsess.uz jamoasi marhumning oilasi va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.