
Ijtimoiy tarmoqlarda tabiiy gaz bosimini sun’iy oshirish maqsadida «gaz nasosi» qurilmalarini o‘rnatish targ‘ib etilmoqda. Hukumat qarori bilan, bunday qurilmalarni gaz tarmoqlariga ulash qat’iyan taqiqlangan.

Eurostar temir yo‘l kompaniyasi 2 milliard yevrolik yangi reja e’lon qildi. Unga ko‘ra, Buyuk Britaniya va Germaniyani bog‘lovchi La-Mansh tunnelida ikki qavatli poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

Xitoylik olimlar Oyning Yerga qarama-qarshi tomonidan olingan tuproq namunalarida noyob meteorit moddalari — karbon xondrit elementlarini aniqladi. Bu haqda Guanchjoudagi Geokimyo instituti tadqiqotchilari PNAS (AQSH Milliy fanlar akademiyasi materiallari) jurnalida chop etilgan maqolada ma’lum qildi.

Dunyo bo‘ylab yangi iPhone 17 haqida keng muhokamalar davom etayotgan bir paytda, Finlyandiya va Norvegiya aholisi eski Nokia telefonlariga qaytmoqda. Ilta-Sanomat nashrining xabar berishicha, afsonaviy Nokia 3310 modeli kutilmaganda Apple’ning so‘nggi flagmanini ortda qoldirib, sotuv bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarga erishmoqda.