2025. 25-Oktabr. Shanba
Polshaning Boltiq dengizi sohilida mahalliy o‘lkashunos-havaskorlar taxminan 2800-yil avval yasalgan bezakli xanjarni topdi. Artefakt Xalshtat madaniyatiga xos uslubda tayyorlangan.
Bu yilgi musobaqada 2210 nafar shaxmatchi qatnashdi. Ulardan 286 nafari – ayol-qizlar. “Men ayniqsa qizlarimizning g‘alabalaridan benihoya xursandman”, – dedi administratsiya rahbari o‘z tabrigida.
Prezidentning “Respublikaning olis hududlarida aloqa qamrovini oshirishda yo‘ldosh aloqa texnologiyalarini joriy etish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori (PQ–313-son, 21.10.2025 y.) qabul qilindi.
O‘zbekistonda madaniy meros obyektlari va transport inshootlarining zilzilabardoshligini monitoring qilish yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda prezidentning 20-oktyabrdagi farmonida belgilandi.
Turkiyaning Adiyaman viloyatida joylashgan Otaturk to‘g‘oni suvlari ostidan 12 ming yillik qoyatosh rasmlari topildi. Bu haqda “Arkeonews” jurnali xabar berdi.
AQSHda 64 yoshli erkak adolatsiz tarzda 43 yil qamoqda o‘tirganidan so‘ng ozodlikka chiqqach, darhol yana hibsga olindi. Bu haqda LADbible xabar berdi.
O‘zbekistondagi quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan 2025-yilda ishlab chiqarilgan elektr energiyasi shu yilning 22-oktyabr soat 19:00 holatiga ko‘ra 9 mlrd kVt·soatga yetdi.
Shimoliy Koreyada navbatdagi “muhim qurol” sifatida qaralayotgan gipersoniklar muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazildi. Bu haqda Koreya Markaziy telegraf agentligi xabar berdi.
Yangi Zelandiyada 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlash rejalashtirilmoqda. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
National Geographic jurnali muharrirlari, fotosuratchilari va izlanuvchilari tomonidan tanlab olingan 2026-yilning eng yaxshi sayohat yo‘nalishlari ro‘yxatini e’lon qildi.