
Dunyo bo‘ylab yangi iPhone 17 haqida keng muhokamalar davom etayotgan bir paytda, Finlyandiya va Norvegiya aholisi eski Nokia telefonlariga qaytmoqda. Ilta-Sanomat nashrining xabar berishicha, afsonaviy Nokia 3310 modeli kutilmaganda Apple’ning so‘nggi flagmanini ortda qoldirib, sotuv bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarga erishmoqda.

Prezidentning “Hududlarni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun tuman (shahar) hokimliklari faoliyatini tubdan takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni (PF-186-son, 21.10.2025 y.) qabul qilindi.

Luvr muzeyi o‘g‘irlangan zargarlik buyumlarining qiymatini 88 million yevroga baholadi. Parij prokurori olmos bilan bezatilgan asarlar maydalab yoki eritib yuborilsa, bozordagi narxi tushishini aytdi. «Ehtimol, o‘g‘rilar buni o‘ylab ko‘rishar va zargarlik asarlarini vayron qilishmas», - dedi prokuror Lor Bekko.

O‘zbekistondagi mobil operatorlar Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlikda soxta raqamlardan qo‘ng‘iroqlarni bloklaydigan, telefon firibgarligi va shaxsiy ma’lumotlarning sizib chiqishidan himoya qiladigan anti-spoofing texnologiyasi joriy etilganini ma’lum qildi.

«Mening maktabim» loyihasida 5-sinfdan 11-sinfgacha bo‘lgan har bir o‘quvchi o‘zi ta’lim olayotgan umumta’lim maktabiga doir loyihalarni ilgari surishadi hamda ushbu loyihalarga ovoz berishadi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lum qildi.

Sudlanuvchi qizlarni o‘qib qo‘yish maqsadida ularning uyiga borgan va avval voyaga yetmagan qizning sonidan ushlab, shilqimlik qilganidan keyin ikkinchi qizning oyoq va qo‘llaridan ushlab, o‘pmoqchi bo‘lgan.